Abduqodir Boqiyev




Abduqodir muhandis , Abduqodir Boqiyev (1868-Samarqand — 1934) — xalq meʼmori, koshinsoz usta. Abduqodir muhandis 20- yillargacha Ulugʻbek madrasasi ravoqining nuragan madohil gulli lavhalarini koshinlagan. Xizr masjidi, Yangi Madrasa, Qoʻshhovuz mu-azzinxonasi kabi binolarning koshin-korlik ishlarini bajargan. Keyinchalik Samarqand tarixiy obidalarini tiklash ishlariga boshchilik qilgan. 30-yillarda Tillakori madrasasining koshinsozlik ishlarini olib borgan. U Buxorodagi Minorai kalon zahalarini havozasiz tuzatdi. Sankt-Peterburgdagi Duma binosi, Afgʻonistondagi Mozori Sharif va Oʻrta Osiyodagi koʻplab meʼmoriy yodgorliklarni tiklash ishlarida qatnashgan. Samarqand Registonida toshdan „Quyosh soati“ni qurgan.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz