ABDUQAYUMOV



ABDUQAYUMOV Abdug’ani Abdumalikovich (1928.27.7, Toshkent) — dirijyor, O’zbekiston xalq artisti (1974), Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasining simfoniya-dirijyorlik bo’limini tugatib (1955), Navoiy nomli teatrda dirijyor. 1960 yildan Toshkent konservatoriyasining opera san’ati kafedrasida o’qituvchi, 1985 yildan professor, 1986 yildan kafedra mudiri. Repertuaridan chet el, rus, qardosh xalqlar kompozitorlari va, asosan, O’zbekiston kompozitorlarining operalari o’rin olgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz