Abduqahhor Zaparov
Abduqahhor Abdumalikovich Zaparov (1955-yil 2-avgust, Andijon tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
Abduqahhor Zaparov 1955-yil 2-avgustda Andijon tumani Nayman qishlogʻida ziyoli oilasida tugʻilgan. 1973—1977-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti fizika fakultetida tahsil olgan. 1977—1983-yillarda shu institut oʻqituvchisi, 1983—1986-yillarda Rosiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti aspiranturasida oʻqigan. 1987—1991-yillarda Fanlar akademiyasi Umumiy fizika institutining Andijondagi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 1991—2015-yillarda Andijon davlat universiteti Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Hozirda Andijon davlat universiteti Umumtexnika fanlari kafedrasi professori.
Ilmiy faoliyati
1993-yilda dotsent, 2022-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. Olim tomonidan 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar eʼlon qilingan, shundan 5 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 10 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 3 ta elektron darslik, 60 dan ortiq ilmiy maqolalardir. 2022-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org