Abduqahhor Marifaliyev
Abduqahhor Turgʻunovich Marifaliyev (1971-yil 10-may) — oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Biografiyasi
Futbolchilik faoliyatini 1988-yilda „Sohibkor“ klubida boshlagan.
1991-1995-yillarda „Paxtakor“ safida oʻynagan.
Turli yillarda „Navbahor“, MHSK, „Doʻstlik“ klublarida toʻp surgan.
1998-1999-yillarda Gretsiyaning „PAOK“ jamoasida oʻynagan, ammo asosiy tarkibda oʻz oʻrnini topa olmagan.
2002-2003-yillarda Qozogʻistonning „Yesil-Bogatir“ jamoasida oʻynagan.
Faoliyatini 2005-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida yakunlagan.
Oʻzbekiston terma jamoasida
Marifaliyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 32 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. 11994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.
Murabbiylik faoliyati
Murabbiylik faoliyatini 2008-yilda „Metallurg“ klubida yoshlar jamoasi murabbiyi lavozimida boshlagan.
Yutuqlari
Davlat mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org