Abduqahhor




Abduqahhor (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olingan. Navoiy uning otasi saroyda amir lavozimida ishlagani, bahodir kishi bo‘lgani, lekin o‘g‘liga bunday xislatlardan hech biri o‘tmagani, muammo ilmida qobiliyati borligi haqida ma’lumot beradi. Xondamir “Habib us-siyar”da Abduqahhorning Abulqosim Bobur hamda qozi Qutbiddin Muhammad vafotiga bag‘ishlangan ikki ta’rixini keltiradi. “Majolis un-nafois”da uning “Humom” ismiga bitilgan bir muammosi tilga olingan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz