Abdumubdi Sultonxoʻjayev




Abdumubdi Noʻʼmonovich Sultonxoʻjayev (1929.12.1. Toshkent) — gidrogeolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), geol.mineralogiya fanlari doktori (1970), professor (1971). Oʻrta Osiyo politexnika institutinini tugatgan (1952). Oʻzbekiston Geologiya va vazirligiga qarashli Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi institutida direktor muovini (196265), regional gidrogeologiya boʻlimi rahbari (1965—72). 1972-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti gidrogeokimyo laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari gidrogeologiya, seysmik xavfni oldindan bilish muammolari — gidrogeoseysmologiyaga bagʻishlangan. Darslik yozgan va Yer osti suvlari kimyoviy va gaz tarkibining zilzila oldidan va zilzila vaqtida oʻzgarishi ilmiy ishlanmasining (1973) hammuallifi. Asarlari yapon, xitoy va ingliz tillarida ham nashr qilingan. S. Yaponiyaning "Zilzilalarning gidrogeokimyoviy darakchilari" assotsiatsiyasining (1988), Rossiya Tabiiy Fanlar akademiyasining (1991) faxriy aʼzosi.



Manbalar



















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz