Abdumavlon Abdukarimov
Abdumavlon Abdukarimov (1922-yil tavallud topgan — 2001-yil vafot etgan) — Qirgʻiziston SSR Jalolobod viloyati Suzoq MTS traktorchisi. Lenin ordeni, „O‘roq va Bolg‘a“ oltin medali, Vatanparvarlik ordeni sohibi va Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
Hayoti va faoliyati
1922-yilda Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Farg‘ona viloyati Andijon tumani Oktyabrskoy qishlog‘ida, (hozirgi Qirg‘iziston Jalolobod viloyati Bog‘ish qishlog‘ida) tug‘ilgan. Millati oʻzbek. Mehnat faoliyatini erta boshlagan: 1933-yildan 1938-yilgacha u mahalliy kolxozning dala jamoasida ishlagan.
1942-yil mart oyida Qizil Armiya safiga chaqirildi. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. Abdukarimov Abdumavlon Stalingrad yaqinida ogʻir yaralangan va 1942-yil oktyabr oyida armiya safidan chiqarilgan. O‘zining tug‘ilgan qishlog‘iga qaytib, Suzoq mashina-traktor stansiyasida (MTS) traktorchi bo‘lib ishlay boshladi. U agrotexnika ilm yutuqlari va ilg‘or tajribani o‘z amaliyotida qo‘llagan holda bir necha yillar davomida paxta xomashyosidan yuqori va barqaror hosil olishni taʼminladi. U xizmat qilgan brigadalarda 1954—1957-yillarda paxta hosili gektariga 27—53 sentnerni yoki oʻrtacha 40 sentnerni tashkil etdi. MTS qayta tashkil etilgandan soʻng u mahalliy Lenin nomidagi kolxozda mexanizator boʻlib ishlashni davom ettirdi. 1983-yildan nafaqaga chiqadi. Jalolobod viloyati (1959—1990-yillarda Oʻsh) viloyatida yashagan. 2001-yilda vafot etgan.
Mukofotlari
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 15-fevraldagi Farmoni bilan qandlavlagi, paxta va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, ilm-fan yutuqlari va ilgʻor tajribalarni yetishtirishda keng qoʻllashda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun, Abdukarimov Abdumavlon Lenin ordeni va „O‘roq va Bolg‘a“ oltin medali bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Abdukarimov Abdumavlon 1957-yil 15-fevralda Lenin ordeni, 1985-yil 3-noyabrda Vatanparvarlik ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org