Abdumalik Xoloqov






Abdumalik Xоloqov Anvar o‘g‘li ( 2000-yil 9-aprelda tugʻilgan, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston ) — 56 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga ko‘tariluvchi o‘zbek bokschisi.



Havaskorlik faoliyati



Buenos-Ayresdagi III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida 60 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni va oltin medal (56 kg) sohibi. Jahon chempionatida 60 kg gacha vazn toifasida kumush medali sovrindori (2021).


2021-yilgi Jahon chempionati



2021-yilda Belgradda (Serbiya) o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Abdumalik Xaloqov yakdil qaror bilan Yasin Lyamani 1/16 raundda turnirdan chiqarib yuboradi, 1/8 finalda esa makedoniyalik Tadey Chernogani bir ovozli qaror bilan mag‘lub etdi. 1/4 finalda Vsevolod Shumkov ustidan g‘alaba qozonadi, yarim finalda uning raqibi eronlik Danial Shohbaxsh jarohati tufayli ringga ko‘tarila olmaydi, finalda raqobat jangida fransiyalik Sofyan Umiaga bir ovozli qaror bilan imkoniyatni boy beradi.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz