Abdulvose' Boxarziy




Mavlono Nizomiddin Abdulvoseʼ Boxarziy (1504-yilda Hirotda vafot etgan) — fors-tojik tilida ijod qilgan shoir, tarixchi va munshiy. Alisher Navoiyning zamondoshi boʻlgan.




Hayoti



Abdulvoseʼ Boxarziyning ajdodlari Nishopur shahrining sayidlaridan. Otasi Jamoliddin Mutahhar Boxarziy Jomiyning yaqin doʻsti boʻlgan. Bu doʻstlik sabab, Abdulvoseʼ Boxarziy ham Jomiy suhbatidan bahramand boʻlib, uning asarlarini oqqa koʻchirish va tahrirdan oʻtkazishda bevosita qatnashgan. Abdulvoseʼ Boxarziy insho sanʼatida alohida iqtidorga ega boʻlib, Husayn Boyqaro saroyidagi tarassul devoni (kantselyariya)da munshiy lavozimida ishlagan.



Ijodi



Uning qalamiga mansub ruqʼa va maktub­larni shogirdi Shahobiddin Ahmad Xavofiy toʻplab, „Manshaʼ ul-insho“ („Insho sanʼatining sarchashmasi“) nomi bilan maj­mua tuzgan. Xondamir Abdulvoseʼ Boxarziy asarlarida dabdabali soʻzlar va murakkab tashbehlarni koʻp ishlatgani, shu sababli Sulton Husayn Boyqaro davri voqealariga bagʻish­langan „Jomeʼ ul-badoeʼi Sultoniy“ tarixiy asari podshohga maʼqul kelmagani, Navoiy­ning iltimosi bilan Jomiyning hayot yoʻli haqida „Maqomoti Jomiy“ asarini yozganligini aytadi. „Xamsat ul-mutahayyirin“da Abdulvoseʼ Boxarziyning ushbu asari haqida iliq fikrlar bildirilgan. „Majolis un-nafois“da Abdulvoseʼ Boxarziy insho sanʼati barobarida shoirlikda ham isteʼdod egasi boʻlib, hajviy sheʼrlari, ayniqsa, Majdiddin Muhammadga bagʻish­langan hajviyalari Hirotda shuhrat topgani haqida maʼlumot beriladi.



Asarlari roʻyxati




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz