Abdulvohid Shovkatiy




Abdulvohid Shovkatiy (arabcha: عبد الواحد شوكتي — Abulqosim Abdulvohid ibn Abdurrahmon ibn Zayd ibn Ibrohim ibn Ahmad ibn Harb Shovkatiy) — roviy.


Abdulvohid Shovkatiy 407/1016 yili Shoshning „Shovkat“ qishlogʻida tugʻilgan. Keyinchalik Abdulvohid Shovkatiy ilm-maʼrifat yoʻlida Samarqandga koʻchib oʻtgan va shu yerda Hakim Shovkatiy nomi bilan mashhur boʻlgan. Abdulvohid Shovkatiy koʻp yillar Samarqandda vaʼz aytgan.




Ustozi



Abdulvohid Shovkatiy hadislarni imom-xatib Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh vositasida Abu Muhammad Abdulloh ibn Ali Bohiliydan rivoyat qilgan.



Shogirdi



Abdulvohid Shovkatiydan hadislarni shayx, faqih va adib Abu Bakr Muhammad ibn Umar ibn Abdulaziz Buxoriy rivoyat qilgan.



Vafoti



Abdulvohid Shovkatiy 87 yil umr koʻrib, 494/1101-yil aprel oyida Samarqand shahrida vafat etgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz