Abdulvohid II
Abu Muhammad Rashid Abdulvohid - (arab. أبو محمد الرشيد عبد الواحد بن المأمون; 1242-yil 4-dekabrda vafot etgan) 1232-yildan to vafotigacha hukmronlik qilgan Muvahhid xalifasi.
Hayoti
Otasi Idris I vafotidan so‘ng (u poytaxt Marrakashni nazorat qilgan raqib xalifa Yahyo Mo‘tasimga qarshi yurishda halok bo‘lgan) Abdulvohid yangi xalifa bo‘ldi va Muvahhid xalifaligining yakuniy parchalanishi boshlandi. U Yahyoni Marrakeshdan siqib chiqara olmadi, Tlemsen amiri esa Tunisdagi Hafsiylar hukmdori Abu Zakariyo Yahyo singari 1236-yildan mustaqillikka erishdi (Zayyoniylar sulolasiga asos soldi). Xalifalikning janubiy qismidagi tartibsizliklar tufayli u Marrakesh va Tlemsenni qaytarib olish fikridan voz kechishga majbur boʻldi va xalifalikning janubiy sahara hududidagi qoʻzgʻolonlarni bostirishga eʼtibor qaratdi. U Sahroi Kabirda qoʻzgʻalonchilarga qarshi kurash olib bordi va ularni 1239 yilda tor-mor qildi. Soʻngra butun e’tiborini yoʻqotilgan hududlarini qaytarib olishga qaratdi.
Vafoti
1242-yilda Abdulvohid oʻz [[[gubernator]]iga Fesni qoʻlga kiritgan Mariniy
Abu Yahyo ibn Abdulhaq ning yana bir boʻlinishiga qarshi kurashishni buyurdi. Biroq, Abdulvohid oʻsha yil(1242)ning dekabr oyida oʻz saroyida hovuzga choʻkib ketgan (yoki yiqilib vafot etgan) holda topilgan. Uning o‘rniga akasi Abul Hasan Said Moʻtazid kelgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org