Abdulvohid ibn Abdurrahmon al-Varkiy





Abdulvohid ibn Abrurrahmon al-Varkiy (arabcha: عبد الواحد بن عبد الرحمن الوركي — Abu Muhammad Abdulvohid ibn Abdurrahmon ibn Qosim ibn Ismoil al-Qurashiy az-Zubayriy al-Buxoriy al-Varkiy) — shayx, imom va faqih.




Hayoti



Abdulvohid ibn Abdurrahmon al-Varkiy solih, uzoq umr ko‘rganlardan biri bo‘lgan. As-Sam’oniy: „Al-Varkiy 130 yoshga kirgan. Yahyo ibn Soʻidning shogirdlari Abu Zarr Ammor ibn Muhammadning qayd etgan maʼlumotlarini yozib olganidan 110 yil o‘tgach, vafot etgan. Undan ko‘p odamlar hadis rivoyat qilganlar, qabri Buxorodan ikki farsax uzoqda joylashgan “Varkiy" qishlog‘ida ekani, qabrini ziyorat etgani haqida yozadi.


Abdulvohid ibn Abdurrahmon al-Varkiy Abu Zarr Ammor ibn Muhammad, Ibrohim ibn Muhammad ibn Yazdod ar-Roziy, Ismoil ibn al-Husayn al-Buxoriy, Ishoq ibn Hamdon al-Muhallabiy, Ahmad ibn Muhammad ibn Sulaymon al-Juriydan hadis rivoyat qilgan.


Abdulvohid ibn Abdurrahmon al-Varkiydan Usmon ibn Ali Poykandiy, Abu Ato Ahmad ibn Abu Bakr al-Hammomiy, Muhammad ibn Abu Bakr ibn Usmon al-Pazdaviy va ukasi Umar as-Sobuniy, Muhammad ibn Nosir as-Saraxsiy, Mahmud ibn Abu-l-Qosim at-Tusiy va boshqa muhaddislar hadis rivoyat qilganlar.



Hadisi



Abdulvohid ibn Abdurrahmon al-Varkiydan rivoyat bo‘lgan hadis: "Bizga Ahmad ibn Hibatulloh o‘qib xabar berdilar. U kishiga Abdurrahim ibn Abdulkarim al-Marvaziy, u kishiga Usmon ibn Ali, u kishiga imom Abdulvohid ibn Abdurrahmon 494/1101-yilda xabar berganlar. U kishiga 383/993-yilda Ahmad ibn Muhammad ibn Sulaymon al-Forisiy yozdirgan holatda, u kishiga Ali ibn Muhammad ibn Zubayr al-Qurashiy, u kishiga al-Hasan ibn Ali ibn Affon, u kishiga Zayd ibn Hubob roviy Muoviya ibn Solihdan, u kishi Abdurrahmon ibn Jubayrdan, u kishi otalaridan, u kishi Amr ibn al-Hamiqdan aytib berganlar: "Payg‘ambar (s.a.v.): „Alloh taolo bandasiga yaxshilik xohlasa uni shirin qiladi“,  dedilar. Sahobalar: „Uni shirin qiladi — nima degani, ey Rasululloh?“ deb so‘rashganida: „O‘limidan oldin solih amallarini unga oson qilib qo‘yadiki, atrofdagi odamlar undan rozi bo‘lishadi“, deb javob berganlar".



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz