Abdulvahob Suhoiy




Abdulvahob Suhoiy (15-asr) — xurosonlik forsiynavis shoir, Shayxim Suhayliyning xolavachchasi. Nomi "Majolis un-nafois"ning beshinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sipohisheva yigitligi, "Abdolnoma" asarini yozgani, lekin uni koʻrmaganligi haqida maʼlumot beradi. „Majolis un-nafois“da uning birovning koʻzi ogʻriganda yozgan quyidagi bayti keltirilgan:

Doshtam az chashmi bemorash ba dil sad guna dard,


To ba chashmi xud nadid on dardro bovar nakard.



(Mazmuni: Bemor koʻzlaridan dilimda yuz xil alam, dard bor edi, (lekin u to) oʻz koʻzi bilan koʻrmaguncha, bu alamga ishonmadi)[1][2].


Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz