Abdulvahhob ibn Axmad




Shaʼroniy (yoki ash-Shaʼroviy), Abdulvahhob ibn Axmad—misrlik
mashhur soʻfiy va ilohiyotchi.



Faoliyati



Saqiyat — Abu Shaʼra qishlog‘ida 1493-yilda tug‘ilgan, o‘z shajarasini
(asossiz ravishda) Ziyoniylar sulolasidan chiqqan Tlemsen hukmdorlariga, ular orqali
alaviy Muhammad ibn al-Hanafiyaga bog‘lagan. Qohirada yashab, ijod etgan. Shofi’iylik
fiqhini u Misrning atoqli faqihi Zakariyo al-Ansoriydan o‘rgangan. Ibn Arabiy qarashlari
unga katta taʼsir ko‘rsatgan. Qohirada Shaʼroniy soʻfiy vaʼzxon sifatida tezda shuhrat
qozongan, tarafdorlari ko‘paygan. Badavlat qozi Abdulqodir al-Mag‘oziliy unga atab
madrasa kurdirgan va vaqf sifatida bir qancha yer mulklari ajratib bergan. Shaʼroniy va uning
avlodlari undan merosiy foydalanish huquqini olganlar. Shu tufayli Shaʼroniy ko‘p xayr-u sadaqalar qilgan, kambag‘allar, mayib-majruhlar, shuningdek, ko‘p sonli muridlarini
boqqan, bular uning shuhrati yanada ortishiga sabab bo‘lgan. Shaʼroniy 1565-yilda vafot etadi.
1774-yilda uning sag‘anasi
ustiga uning nomi bilan ataladigan masjid bunyod etilgan, u hozir ham saqlangan.
Masjid joylashgan ko‘cha va yaqin atrofdagi mavze ham uning nomi bilan ataladi.



Taʼlimoti



Shaʼroniy hadis, fiqh, soʻfiylik va boshqalarga oid 60 dan ziyod asar yozgan.Ibn Arabiyning kuchli taʼsiriga
qaramay, Shaʼroniy uning vahdat al-vujud taʼlimotini qabul qilmagan.U „maʼrifatli“ soʻfiylik
tarafdori bo‘lib, fiqh va islom aqidalarini chuqur bilish har bir soʻfiy uchun shart deb
hisoblagan.U tavakkulni bir taraflama -har bir ishni Allohning irodasiga tashlab
qo‘yishni, bu bilan „qashshoqlikda kun kechiruvchi bekorchilar va tekinxo‘rlarni“
soʻfiylikda ortib borishiga qarshi chiqqan.Fiqh sohasida Shaʼroniy mezon nazariyasini ishlab
chiqqan, unga ko‘ra, islomdagi 4 asosiy mazhab o‘rtasidagi ixtiloflar asosan shariat
qoidalariga amal qilishga oid.Shaʼroniy fikrig ko‘ra, barcha mazhab asoschilari haq bo‘lib, diniy
qonun negazida sobitqadam bo‘lganlar. Ular o‘rtasidagi farq faqatgana shariatning u yoki
bu qoidasini „murakkablashtirish“ (tashdid) yoki „engillashtirish“ (taxfif)dan iborat
bo‘lgan.



Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz