Abduluzzo
Abduluzzo (arabcha: بنو عبد العزی — Bani Abduluzzo) Quraysh qabilasining bir tarmog‘i.
Nomini Payg‘ambarning ota-bobolaridan Qusay ibn Kilobning to‘rt o‘g‘lidan biri bo‘lgan Abduluzzodan olgan qabila. Bu qabilaga mansub baʼzi shaxslar johiliyat hamda Islom davrining eʼtiborli siymolari orasidan o‘rin egallaganlar. Bular: Huvaylid ibn Asad, Xadicha, uning amakisini o‘g‘li Varaqa ibn Navfal, Zubayr ibn Avvom, Abdulloh ibn Zubayr, Usmon ibn Huvayris, Urva ibn Zubayrlardir.
Payg‘ambar qabila nomini Bani Abdulloh deb o‘zgartirganlar.
Abduluzzo qabilasi XI asrga qadar Hijoz yarimorolida istiqomat qilgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org