Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiy





Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiy (arabvha: عبد القادر بن محمد الفیّومی — Abdulqodir ibn Muhammad ibn Ahmad al-Fayyumiy,?, Misr — 1022/1613, Qohira) — shofeʼiy faqihi, matematik va astronom.




Hayoti va faoliyati



Hayoti haqida batafsil maʼlumotlar uchramaydi. Misrning Fayyum shahrida tavallud topgan. Dastavval, qohiralik olim Shamsuddin ar-Ramliydan shofeʼiy mazhabi fiqhidan taʼlim olgan. Keyinchalik Shihobuddin Ahmad ibn Ahmad as-Sunbatiy, Abu-n-Najo Salim as-Sanhuriy va Solih ibn Ahmad al-Bulqiniy kabi ulamolardan dars oladi. Sayyid Sharif at-Tahhondan matematika fanini o‘rganadi. U hadis, fiqh, faroiz hamda matematika, astronomiya, ilmi miyqot kabi ilmlarda olimlik darajasiga yetgan. Shuningdek, musiqa bilan ham shug‘ullangan. Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiyning tasavvufga ham aloqasi bo‘lgan. Solih ibn Ahmad al-Bulqiniydan qutb kim ekani so‘ralganda, u „qutbni ko‘rishni istagan Abdulqodirga boqsin“ deb ayt­gan. Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiyning o‘g‘li Abdulbar o‘z davrining buyuk adiblaridan biri hisoblanadi.



Shogirdlari



Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiy o‘z fatvolari bilan xalqni to‘g‘rilikka boshlagan, shu bilan bir qatorda fiqh, tasavvuf, arab adabiyoti, astronomiya, matematikaga oid turli sohalarda ko‘p sonli asarlar yozib qoldirgan hamda ko‘plab shogirdlar yetishtirgan.



Asarlari




Manbalarda shuning­dek, Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiyning „Sharh al-minhāj“, „Ar-Ravz al-muhazzab“, „Sharh al-manzӯ­ma ar-rahabiyya“ nomli asarlari, Ibn al-Hoimning algeb­raga oid „Al-Muqni’“ nomli kitobiga yozgan sharhi borligi zikr qilingan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz