Abdulqodir an-Navqadiy
Abdulqodir an-Navqadiy (arabcha: عبد القادر النوقدي— Abu al-Fazoil Abdulqodir ibn Abdulxoliq ibn Abdurrahmon ibn Kosim ibn Fazl ibn Abdurrahim ibn Hasan ibn Rabiʼ an-Navqadiy) — Muhaddis.
Abdulqodir an-Navqadiy 450/1058 yili Baroat kechasida Nasafga qarashli Navqad qishlogʻida tavallud topgan. U dastlabki taʼlimni oʻz qishlogʻida olgan.
Ustozlari
Keyinchalik Abdulqodir an-Navqadiy ilmi maʼrifat talabida Buxoroga soʻngra Makka shaharlariga borgan. Buxoroga bogan paytida muhaddis Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Haydara al-Jaʼfariydan, Makka shahrida esa Abu Abdulloh Hasan ibn Ali at-Tabariydan hadislar eshitgan va yozib olgan.
Shogirdi
Abdulqodir an-Navqadiydan Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.
Vafoti
Abdulqodir an-Navqadiy 527/1133 yili vafot etgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org