Abdulqodir Andijoniy
Abdulqodir Andijoniy (arabcha: عبد القادر الأندیجانى — (1912, Andijon — 1995, Madina) — Qur’on hofizi.
Hayoti v faoliyati
Go‘zal qiroati bilan tanilgan Muhammad Qodir Xolmirza Andijoniy boshlang‘ich taʼlimni Andijonda olgan. Yoshligida Afg‘onistonga ko‘chib o‘tib, o‘sha yerda istiqomat qilib qoladi. Keyinchalik umra safari bilan Makkada bo‘lib, so‘ng Madinaga boradi. U yerda qiroat ilmi bilan birga fiqh, usul al-fiqh va turli diniy ilmlarni ham o‘zlashtiradi. Ustozi Shayx Ziyouddindan Qur’oni karimni Hafs rivoyatiga asoslangan Osim qiroati asosida yod oladi. So‘ng „Shātibiyya“ asari matnini mukammal yod olib, Shotibiy yo‘nalishi bo‘yicha yetti xil qiroatdan ijoza oladi. U, shuningdek, ustozi Shayx Hasandan „Shātibiyya“ va „Durra“ yo‘llari orqali o‘n qiroatni o‘zlashtiradi. Har yili yoz faslida Toif shahriga borib Shayx Binyamin Soʻotiy Andijoniydan hadis ilmi bo‘yicha „Sahӣh al-Buxārӣ“ni to‘liq o‘qib o‘rganadi.
Abdulqodir Andijoniy sakson olti yoshda vafot etadi. Baqi’ qabristoniga dafn qilingan.
Asarlari
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org