Abdulmuʼmin ibn Xalaf
Abdulmuʼmin ibn Xalaf (arabcha: عبد المؤمن بن خلف — Abu Yaʼlo Abdulmu’min ibn Xalaf ibn Tufayl ibn Zayd ibn Tufayl at-Tamimiy an-Nasafiy, 259/872,? — 346/959,?) — hadis hofizi.
Imom-peshvo, hadis hofizlaridan sanalgan Abdulmu’min ibn Xalaf an-Nasafiy badavlat, sunnat va hadisga ergashuvchi, xudojo‘y va nihoyatda ilmli shaxs bo‘lgan. Bag‘dodda Muhammad ibn Dovud az-Zohiriyning fiqhiy mazhabida faoliyat olib borgan, qiyos ahlidan yiroq bo‘lgan.
Hadislari
Bobosi Tufayl ibn Zayddan hadis eshitgan. Shuningdek, Abu Hotim ar-Roziy, Abu Yahyo ibn Abu Masarra al-Makkiy, Ishoq ibn Ibrohim ad-Dabariy, Abu Zinbo’ Ravh ibn Faraj al-Misriy, Yusuf ibn Yazid al-Qarotisiy, Ali ibn Abdulaziz al-Bag‘aviy va ularning safdoshlarinin suhbatida bo‘lib, ulardan hadis tinglagan.
O‘z navbatida, Abdulmuʼmin ibn Xalafdan Abdulmalik ibn Marvon al-Maydoniy, Ahmad ibn Ammor ibn Asama, Ya’qub ibn Ishoq an-Nasafiy, Abu Ali Mansur ibn Abdulloh az-Zuhliy, Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Kaloboziy hamda Nasaf ahllaridan bo‘lgan boshqa olimlar hadis rivoyat qilganlar.
Shamsuddin az-Zahabiy „Siyar aʼlām an-nubalā“ va „Tazkira al-huffāz“ asarlarida roviylar zanjirida Abdulmuʼmin ibn Xalaf ham ishtirok etgan hadislardan namunalar keltirgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org