Abdulmoʻminxon (Ashtarxoniy)





Abdulmoʻminxon (1738 Buxoro — 1751) — Buxoro xoni (1747-51). Ashtarxoniylar sulolasidan. Abulfayzxonning oʻgʻli. Abulfayzxon saroy fitnasi natijasida oʻldirilgach (1747), Muhammad Rahim otaliqning buyrugʻi bilan Abdulmoʻminxon taxtga oʻtqazilgan. Buxoroda turgan Eron shohi Nodirshohning ukasi Aliqulixon boshchiligidagi qoʻshin oʻz yurtiga joʻnatib yuborilgan. Muhammad Rahim yosh „xon“ga qizini berib, uni oʻziga kuyov qilib olgan va amalda 1747-yildan boshlab Buxoro xonligini oʻzi boshqarishga kirishgan. Biroq oradan 4 yil oʻtgach, Muhammad Rahim kuyovi Abdulmoʻminxonni ham oʻldirtirib, taxtga Abul-fayzxonning kichik oʻgʻli Ubaydullaxon IIIni oʻtqazadi.


Ad. Mirzo Salimbek, Kashkoʻli salimiy, Tavorixi muttaqadimin va muttaaxirin, Buxoro, 2003.


















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz