Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov




Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov (avar ГӀабдулманап НурмухӀамадов) 1962-yil 10-dekabrda Dogʻistonning Sumadin tumanida tugʻilgan.2020-yilning 3-iyul kuni Rossiya poytaxti Moskvada vafot etgan. Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov sovet va rus sportchisi, murabbiy, erkin kurash boʻyicha SSSR sport ustasi hamda Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy, jangovar sambo boʻyicha Dogʻiston Respublikasi terma jamoasining katta murabbiyi hisoblanadi. Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov dzyudo va sambo boʻyicha Ukraina chempioni. Shu bilan bir qatorda Abdulmanap Nurmagomedov yengil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi hisoblanadi.




Biografiyasi



Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov 1962-yilda Sumadin tumani Sildi qishlogʻida tugʻilgan. Qizilyurt tumani Kirovaul qishlogʻida yashagan. Abdulmanap Nurmagomedov 1987-yilda Poltava kooperativ institutini buxgalter-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U uchta farzandni tarbiyalagan: ikki oʻgʻil va bir qiz.


Sportchi va murabbiy Abdulmanap Magomedovich 40-Birlashgan Qurolli Armiya safida xizmat qilgan va eʼtiborli jihati Abdulmanap Nurmagomedov1982-yilda Afgʻonistonga joʻnatiladigan askarlarni tayyorlagan murabbiy hisoblanadi.


U faoliyatini erkin kurash bilan boshlagan hamda erkin kurash boʻyicha sport ustasi darajasini olgan. Sportchi armiyada dzyudo va sambo bilan shugʻullangan. Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov Piter Butria bilan birga oʻqigan.


2020-yil aprel oyi oxirida Abdulmanap Nurmagomedov ikki tomonlama pnevmoniya bilan Maxachqal’aning 2-shahar kasalxonasiga yotqizilgan edi. 3-may kuni uni maxsus samolyotda Moskvaga olib ketishdi. 13-mayga kelib esa Nurmagomedov Moskvadagi harbiy gospitallardan birida og‘ir ahvolda ekanligi maʼlum bo‘ldi. Ramzan Qodirovning xabar berishiga koʻra, Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov 2020-yil 3-iyul kuni Moskvada koronavirus tufayli yuzaga kelgan asoratlardan vafot etgan. 4-iyul kuni taniqli murabbiy Abdulmanap Magomedovich tugʻilib oʻsgan qishlogʻida dafn qilindi.



Murabbiylik faoliyati



Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov 1992-yilda sport sambosi boʻyicha jahon chempioni — oʻz ukasi Nurmagomed Nurmagomedovni tarbiyalagan hamda u oʻsha paytda Ukraina terma jamoasi tarkibida musobaqalarda ishtirok etgan. 2019-yil sentabr oyida Abdulmanap Nurmagomedov jangovar sambo bo‘yicha eng ko‘p chempionlarni tarbiyalagani sifatida Rossiya rekordlar kitobiga kiritilgan edi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Nurmagomedov murabbiylik faoliyati davomida 18 ta jahon chempionini tarbiyalagani aniqlangan.


Abdulmanap Nurmagomedov erkin kurash boʻyicha bir qancha Dogʻiston va Rossiyaning chempion va sovrindorlarini tayyorlagan va ular quyidagilar:




Jang sanʼatida Abdulmanap Magomedovich quyidagi sportchilarga murabbiylik qilgan:




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz