Abdulmalik ibn Abu Sulaymon





Abdulmalik ibn Abu Sulaymon (arabcha: عبد الملك بن أبي سليمان — Abu Abdulloh Abdulmalik ibn Abu Sulaymon al-Kufiy,? — 145/762-63,?) — hadis roviysi, alloma.




Biografiyasi



Abu Abdulloh, Abu Muhammad, Abu Su­laymon kunyalari bilan ham tanilgan. Taba’a tobe’inlardan hisoblanadi.



Ustozlari va hadislari



Ustoz­lari Sa’id ibn Jubayr, Ato ibn Abu Raboh, Anas ibn Siriynlardir. Undan esa Yahyo ibn Sa’id al-Qatton, Shu’ba ibn Hajjoj, Sufyon as-Savriy, Abdulloh ibn Muboraklar hadis rivoyat qilganlar.


Jarh va taʼdil imomlarining deyarli hammasi uni peshvo muhaddislardan hisoblaganlar, shu bilan birga, faqih ham bo‘lgan. Shogirdlaridan bo‘lgan Jarir ibn Abdulhamidning so‘zlariga ko‘ra, zamonasining muhaddislari orasida hadisga taalluqli biror ixtilof chiqsa, uni hakam qilishgan. Ahmad ibn Hanbal uni siqa hisoblagan bo‘lsa-da, baʼzi-baʼzida xato qilgani ham aytilgan. Shunga qaramay, kufaliklarning eng kuchli hadis hofizlaridan hisoblangan. Shogirdlaridan Sufyon as-Savriy va Ibn Muboraklar uni „mezon“ deb ataganlar.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz