Abdulmalik





Abdulmalik (646/647-705) — uma-viylarta mansub xalifa (685-705). Abdulmalik 685-692 yillarda Makkada Abdulloh ibn Zubayr va Iroqda uning tarafdorlari-ni, 689-702 yillarda Damashqda Amr ibn Sayd al-Ashdaq va Eronda Abdurahmon ibn al-Ashʼasni, shuningdek xorijiylarning Iroqdagi chiqishlari (692-97)ni bostirgan; xalifalikdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markaziy hokimiyatni mustahkamlagan; moliya va soliq islohotlari oʻtkazgan; devon va idoralarda yunon, oʻrta fors tillari oʻrniga arab tilida ish yuritishni joriy etgan; Vizantiya va sosoniylar tangalarini bekor qilib, arabcha yozuvli oltin va kumush tangalar zarb qildirgan, bariyd (pochta) ishini yoʻlga qoʻygan.



Manbalar




















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz