Abdulloh Siroj





Abdulloh ibn Abdurrahmon Siroj (arabcha: عبد الله بن عبد الرحمن سراج; ‎ — 1949-yil may) arab siyosatchisi va islom olimi boʻlib, Hijoz qirolligida va keyinchalik Transiordaniya amirligida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, har ikki davlatning Bosh vaziri lavozimini egallagan (shuningdek, 5-Iordaniya bosh vaziri boʻlgan).



Biografiyasi



Abdulloh Siroj Makkada tugʻilgan, u Savlatiya madrasasini, keyinchalik Qohiradagi al-Azhar universitetini tamomlagan. 1907-yilda Sharif Ali Abdulloh tomonidan Makkadagi hanafiylar muftiysi etib tayinlangan. U 1908-yilda Usmonlilar parlamentida Makka vakili etib saylangan, ammo xizmat qilishdan oldin isteʼfoga chiqqan. Sharif Husayn 1916-yilda Usmonlilar imperiyasidan mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng, Sirojni Hijoz hukumatining bosh sudyasi va bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlaydi. Siroj 1918-yilgacha amir Ali o‘rniga Bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lgan. 1924-yilda Husayn taxtdan voz kechganidan soʻng, Siroj Alining qisqa hukmronligi davrida Bosh vazir lavozimini egallaydi, bu qirollikning 1925-yilda Nejd Saudiya sultonligiga taslim boʻlishi bilan yakunlanadi. Keyinchalik Abdulloh Siroj Iordaniyaga koʻchib oʻtadi va u yerda amir Abdulloh qoʻl ostida 1931-yildan 1933-yilgacha Bosh vazir boʻlib ishlaydi hamda bir vaqtning oʻzida moliya va Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, Bosh sudya lavozimini egallaydi.



Manbalar










uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz