Abdulloh Nadim




Abdulloh Nadim (1845-1896) - misrlik ma’rifatparvar, mutafakkir. Arablar ozodlik kurashining namoyan-dalaridan biri. Qohiradagi Al-Azhar madrasasida oʻqigan. 80-yillarda A. N. taraqqiyparvar va vatanparvar ziyoli-7lar bilan birgalikda inglizlar asoratiga qarshi kurashda faol qatnashgan, jur-nallar nashr etib, mahalliy matbuotda xalqni kurashga chaqirgan. Bir qancha va-tanparvarlar qatori A. N. ham oʻlim ja-zosiga hukm qilingan, lekin u qochib, 9 y. muhojirlikda ta’qib ostida yashagan. 1892-yilda unga Misrga qaytishiga ijozat berilgan, u yana jur. va gaz. nashr qilib, inglizlarga qarshi oshkora targʻibot olib borgan. 1893-yil mamlakatdan yana quvgʻin qilingan. Umrining oxirgi yil-larini Istanbulda oʻtkazgan va oʻsha yerda vafot etgan. A. N. 20 dan ortiq asar yoz-gan, uning ijodi va faoliyati arab ma’-rifatparvarlari, mustaqillik uchun kurashchilarning keyingi avlodlariga ijobiy ta’sir koʻrsatgan.



Adabiyotlar





















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz