Abdulloh kotib madrasasi
Abdulloh kotib madrasasi — Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan.
Abdulloh kotib madrasasi XIX asrda Mulla payravi guzarida, Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Abdulahadxon davrida, Abdulloh kotib tomonidan bunyod etilgan. Mulla payravi guzarida asosan mudarrislar, immomlar va savdo ahli istiqomat qilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Birinchi vaqf hujjatida „Mulla Abdulloh Moʻysafid Aʼmr valadi mulla Qurbon Maymanagiy foxirayi Buxoroyi sharifda hijriy 1307-yili safar oyida (1889-yil), mulla Payravi guzaridagi hovlisini vaqf qiladi“. Madrasa gʻarbida Akrom oqsoqol hovlisi, sharqida Inoyatullaxoja hovlisi, sharqi va janubida koʻcha mavjud boʻlgan. Abdulloh kotib hovlisi toʻrtta pastki va 3 ta yuqorigi hujra va darvozadan iborat boʻlgan. Hovli madrasa sifatida talabalar oʻqishi uchun topshirilgan. Madrasa voqifi bitta guruchfurshchilik va bitta qassobchilik doʻkonini vaqf qiladi. Vaqf mulkiga Abdulloh kotibning oʻzi mutavvali boʻlgan va u vafot etsa uning vazifasini qozikalon bajargan. Vaqf hujjatida ushbu madrasada 6 ta hujrada 12 nafar talaba yashaganligi koʻrsatilgan. Madrasa 1 ta hujrasi darsxona uchun ajratilgan. Madrasaga oid yana bir vaqf hujjati boʻlib, 1891-yilda rasmiylashtilgan. Madrasa uchun Abdulloh kotib qogʻozfurushlik doʻkonini vaqf qiladi. Madrasada faoliyat koʻrsatgan mudarrislar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar keltirilgan. Unda Mulla Qudratulloh maoshi 12 tilla, mulla Abdukarim maoshi 4 tillani tashkil etgan. 1903—1904-yillarda ushbu madrasada mulla Idrisxoja mudarrislik qilganligi toʻgʻrisida vaqf hujjatlarida maʼlumotlar mavjud. Sadri Ziyo Abdulloh kotib madrasasida 8 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan.
Abdulloh kotib madrasasi 8 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Abdulloh kotib madrasasi O‘zbekistonda joylashgan tarixiy madrasalardan biridir. Madrasalar — O‘rta asrlarda musulmon olimlari va talabalar uchun diniy va ilmiy ta’lim berish maqsadida tashkil etilgan o‘quv yurtlari bo‘lib, ular ko‘pincha madaniy va arxitektura yodgorliklari sifatida ham ahamiyatga ega.
Abdulloh kotib madrasasi haqida aniq va to‘liq ma’lumot olish uchun ba’zi manbalar yoki tarixiy ma’lumotnomalar talab qilinadi. Odatda, madrasalar o‘zining arxitektura uslubi, qurilgan davri, asoschisi va faoliyati bilan tanilgan bo‘ladi. O‘zbekistonda, xususan Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlarda ko‘plab mashhur madrasalar mavjud bo‘lib, ular orasida Mirzo Ulug‘bek madrasasi, Sherdor madrasasi, Oqsaroy madrasasi kabi obidalari qadimiy ilm-fan va madaniyat markazi hisoblanadi.
Agar sizga "Abdulloh kotib madrasasi" haqidagi ma’lumot kerak bo‘lsa, ushbu madrasaning aniq joylashuvi, tarixi va uning arxitektura xususiyatlari haqida qo‘shimcha manbalar yoki arxiv materiallaridan foydalanish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning madaniy merosi va tarixiy yodgorliklari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun mahalliy muzeylar yoki tarixiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar bilan bog‘lanish foydali bo‘ladi.
Agar sizda madrasaning aynan qaysi viloyatda yoki shaharda joylashgani haqida ma’lumot bo‘lsa, iltimos, uni taqdim eting, shunda men yanada batafsil ma’lumot berishga harakat qilaman.