Abdulloh ibn Zayd




Abdulloh ibn Zayd ibn Abdu Rabbih (arabcha: عبد الله بن زيد بن عبد ربه ) (580 yil — 644, Madina), Muhammad paygʻambarning mashhur sahobalaridan biri. Tushida Muhammad payg'ambar tomonidan tasdiqlangan azon qoidalari va so'zlarini ko'rgan. Shu sababli unga “Sohib al-azon” (azon asoschisi) laqabi berilgan.



Biografiya



Abdulloh ibn Zayd Madinaning Xazraj qabilasidan biri boʻlgan. U Aqabada Muhammad payg‘ambarga bay’at qilgan ansorlardan va Madinadagi ilk musulmonlardan biri. Musulmonlar Makkadan Madinaga ko‘chib ketgach, musulmonlarning mushriklar bilan bo‘lgan janglarida va boshqa muhim tarixiy voqealarda qatnashgan. Makka fath qilingan kuni Xazraj qabilasi qo'shinlarining bayroqdori bo'lgan.
Abdulloh ibn Zayd xalifa Usmon ibn Affon davrida taxminan 64 yoshida vafot etdi.






Adabiyotlar









uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz