Abdulloh ibn Suhayl





Abdulloh ibn Suhayl (arabcha: عبد الله بن سهيل — Abu Suhayl Abdulloh ibn Suhayl ibn Amr al-Omiriy, taxminan 595-yil,? — 12/633, Shom) — sahoba.




Musulmonlikni qabul qilishi



U Abu Jahlning ukasi. Makkada Islomni qabul qilgan. Ibn Ishoq va al-Voqidiyning qavllariga ko‘ra, hijriy II asrda Habashistonga hijrat qilgunga qadar otasidan yashirgan. Abdulloh ibn Suhayl Habashistondan qaytgach, otasi yana qaytadan eski diniga kirishga uni majburlagan. Shunda u o‘zini Islomdan qaytgandek tutadi. Abdulloh ibn Suhayl Badr jangida mushriklar safida jangga chiqadi. Otasi o‘z o‘g‘li eski diniga qaytgan, deb qattiq ishonar edi. Biroq musulmonlar bilan to‘qnash kelgan vaqtda Abdulloh ibn Suhayl musulmonlar tarafiga o‘tadi va mushriklarga qarshi jang qiladi. Manbalarda o‘sha vaqtda uning yoshi yigirma yettida bo‘lgani aytiladi. Bundan tashqari u Uhud, Xandaq, Xaybar g‘azotlarida ham qatnashgan.



Otasining musulmonlikni qabul qilishi



Makka fathi kuni Suhayl ibn Amr asir olinib, o‘limga hukm qilinadi. Shunda Abdulloh ibn Suhayl Rasulullohdan otasini afv etishini so‘raydi. Ul Zot mushrik otani kechiradilar. Keyinchalik, Suhayl ibn Amr o‘g‘lining daʼvati bilan musulmon bo‘ladi va sahobalar qatoriga qo‘shiladi.



Vafoti



Abdulloh ibn Suhayl Abu Bakrning xalifalik davrini ko‘rgan. Ulug‘ sahoba o‘ttiz sakkiz yoshida Yamoma jangida jasorat ko‘rsatib, shahid bo‘lgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz