Abdulloh ibn Solih





Abdulloh ibn Solih (arabcha: عبد الله بن صالح — Abu Muhammad Abdulloh ibn Solih ibn Abdulloh ibn Zahhok al-Bag‘dodiy,? — rajab oyining 5-kuni, 305/21.12.917) — hadis roviyi.




Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Al-Buxoriy nomi bilan mashhur bo‘lgan Abdulloh ibn Solih o‘z davrida so‘z va rivoyatlari ishonchli hadis roviylaridan sanalgan. Olim Karxoyo daryosining janubiy tomonida joylashgan „Al-Vositiylar“ masjidida vafot etib, rajab oyining oltinchisi/22-dekabr, dushanba ku­ni dafn qilingan.



Hadislari



Abdulloh ibn Solih Muhammad ibn Sulaymon Luvayno, Abu Mus’ab az-Zuhriy, Horun ibn Abdulloh al-Hammol, Usmon ibn Abu Shayba, Ishoq ibn Abu Isroil, al-Hasan ibn al-Halvoniy, Yaʼqub ibn Hamid ibn Kosib, Abu Humom al-Valid ibn Shujoʻ, Muhammad ibn Yahyo ibn Abu Umar, al-Hasan ibn as-Suboh al-Bazzor va ularning safdosh­lari suhbatidan bahramand bo‘lib, ulardan hadis eshitgan.


O‘z navbatida, Abdulloh ibn Solihdan Abdulloh ibn Ibrohim az-Zabibiy, Muhammad ibn Ali ibn Hubaysh an-Noqid, Muhammad ibn Muzaffar, Abu Hafs ibn Zayyot, Abu Ali an-Naysoburiy va boshqalar hadis rivoyat qilganlar. Muhaddislar uni siqa deganlar.


Al-Barqoniy aytadi: "Abu Bakr al-Ismoiliy bizga xabar berib, degan: „Al-Buxoriyning suhbatida bo‘lgan Abu Muhammad Abdulloh ibn Solih ibn Abdulloh so‘z va rivoyatlari ishonchli, shubhadan xoli roviydir“.


Xatib al-Bag‘dodiy „Tarӣx Bag‘dād“ („Bag‘dod tarixi“) asarida Abu Ali al-Hofizning: „Bizga siqa, rivoyat va naqllari ishonchga lo­yiq Abdulloh ibn Solih ibn Zahhok al-Buxoriy Bag‘dodda xabar bergan“, deb hadis aytganini zikr qiladi.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz