Abdulloh ibn Savfon
Abdulloh ibn Savfon (arabcha: عبد الله بن صفوان — Abu Safvon Abdulloh ibn Savfon ibn Umayya ibn Xalaf al-Jumahiy al-Qurashiy,? — 73/692, Makka) — tobeʼin.
Oilasi
Payg‘ambar hayotlik chog‘larida tug‘ilgan bo‘lsa-da, yoshi kichik bo‘lgani uchun sahobalik martabasiga yetisha olmagan. Faqat makkalik tobeʼinlarning birinchi tabaqasidan o‘rin egallagan. Otasi va bobosi kabi u ham qurayshiylarning martabali shaxslaridan hisoblanib, Makkaning boy va nufuzli oilasiga mansub bo‘lgan.
Vafoti
Saxiyligi va yuksak zakovati bilan tanilgan Abdulloh ibn Savfon xilofat daʼvosida Abdulloh ibn Zubayrning sodiq tarafdorlaridan edi. Ibn Zubayr va boshqalar Kaʼbada qamal qilinganlarida, Hajjoj tomonidan unga berilgan omonlikni qabul qilmaydi. Oxir-oqibat, Ibn Zubayr va bir qancha tarafdorlari bilan birga Abdulloh ibn Savfonning ham boshi kesilib, shahid qilingan. Boshlari avval Madinaga, u yerdan Shomga Abdulmalik ibn Marvonga jo‘natiladi.
Hadislari
Otasi Safvon ibn Umayya, Umar, Hafsa, Ummu Salama va Abdulloh ibn Amr kabi sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Hadis kitoblarida Abdulloh ibn Savfondan rivoyat qilingan „Kaʼbaga qarshi urush eʼlon qilgan harbiy jamoaning cho‘lda halok bo‘lishi“ haqidagi yagona matn borligi aytiladi.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org