Abdulloh ibn Munir
Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Munir al-Marvaziy
([[arabcha:عبد الله بن منير — Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Munir al-Marvaziy, ? — 241/856, Firabr) — hadis hofizi Hayoti
Manbalarda zamonasining imom-peshvosi, hadisga boy, so‘z va rivoyatlari ishonchli hofiz Abdulloh ibn Munirning tavallud sanasi haqida maʼlumot mavjud emas. Firabrda yashagan va shu yerda vafot etgan. Olimning vafot sanasi sifatida yuqoridagidan tashqari 243-yil rabi’ul-oxir/857-yil iyul-avgust oylari ham ko‘rsatilgan. Abdulloh ibn Munir ilm talabida yurt kezib, hadis eshitgan. Nazr ibn Shumayl, Abdurrazzoq, Yazid ibn Horun, Saʼid ibn Omir, Abdulloh ibn Bakr as-Sahmiy, Vahb ibn Jarir, Abu Nazr, Ashhal ibn Hotim, Ali ibn al-Hasan ibn Shafiq, Yazid ibn Abu Hakim va ularning safdoshlaridan hadis rivoyat qilgan.
O‘z navbatida, Abdulloh ibn Munirdan Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, an-Nasoiy, Isroil ibn Samaydaʼ, Abdon ibn Muhammad al-Marvaziy, Hubayra ibn al-Hasan al-Bag‘aviy, Yahyo ibn Badr al-Qurashiy va boshqalar hadis rivoyat qilganlar.
Imom an-Nasoiy Abdulloh ibn Munirni siqa (so‘z va rivoyatlari ishonchli) degan.
Al-Firabriy aytadi: "Do‘stlarimizdan biri Imom al-Buxoriyning: „Abdulloh ibn Munirdek shaxsni ko‘rmadim“, deganini eshitgan ekan".
Ibn Hibbon Abdulloh ibn Munirni o‘zining „As-Siqāt“ asarida nomlari zikr qilingan hadis hofizlari qatorida sanagan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org