Abdulloh ibn Muhammad Hotifiy Xarjardiy





Abdulloh ibn Muhammad Hotifiy Xarjardiy  — (1454-1521) tarixchi va shoir bo‘lgan.


Abdulloh ibn Muhammad Hotifiy Xarjardiy  Abdurrahmon Jomiyning jiyani (singlisining oʻgʻli). 858/1454 yil tavallud topgan. „Husrav va Shirin“ (1977 yilda nashr etilgan), „Layli va Majnun“, „Haft manzar“ (ikki ming atrofida baytlarni oʻz ichiga olgan), „Shoh Ismoil janobi oliylari Shohnomasi“ kabi asarlar muallifi. Sulton Husayn Boyqaroga bagʻishlab, Amir Temur zafarlarini madh etuvchi „Temurnoma“ (yoki „Zafarnoma“) tarixiy dostonini yozgan. Qoʻlyozmasi koʻpgina kutubxonalarda saqlanmoqda. 1869, 1896 yillarda Lakhnavda, 1957 y. Madrasda chop etilgan. Abdulloh ibn Muhammad Hotifiy Xarjardiy 927/1521 yilda vafot etgan.












Adabiyotlar




Manbalar


















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz