Abdulloh ibn Muhammad al-Kaloboziy





Abdulloh ibn Muhammad al-Kaloboziy (arabcha: عبد الله بن محمد الكلاباذي — Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Yaʼqub ibn al-Horis ibn al-Xalil al-Buxoriy as-Subazmuniy al-Kaloboziy, 258/02.872, ? — 340/9.03.952, Buxoro) — hanafiy faqihi, muhaddis, tarixchi.




Hayoti



Abdulloh ibn Muhammad al-Kaloboziy o‘z davrida hanafiy mazhabi fiqhida ko‘zga ko‘ringan faqih, hadisshunoslik, tilshunoslik va tarix ilmlari bilimdoni, sayyoh bo‘lgan. Abdulloh al-Ustoz nomi bilan tanilgan. Olim somoniylardan Ismoil ibn Ahmad saroyida faqihlik qilib, turli fiqhiy masalalarni hal qilgani bois mazkur unvonga erishgan. Abdulloh ibn Muhammad al-Kaloboziyni as-Subazmuniy deb tug‘ilgan, al-Kaloboziy deb esa, yashagan joyiga nisbat berganlar. Abdulloh ibn Muhammad al-Kaloboziy 258-yil rabi’ul-oxir oyi­ning boshi/872-yil fevral oyi oxirlari, chorshanba kechasi tavallud topgan bo‘lib, 340-yil 5- shavvol/952 9-mart, juma kechasi Buxoroda, 82 yoshida vafot etgan.



Ijodi



Abdulloh ibn Muhammad al-Kaloboziy o‘zining mashhur „Kashf al-āsār“ asarida juda ko‘p roviylardan rivoyat qilgan bo‘lib, ular soni uch yuzdan oshadi. Ilm talabida Iroq, Xuroson va Hijoz diyorlariga safar qilib, Abu Kasir Sayf ibn Hafs as-Samarqandiy, Abu Hafs Ahmad ibn Hotam as-Sikijkasiy, Abu Solih Xalaf ibn Omir al-Buxoriy, Abu-l-Mavja Muhammad ibn al-Mavja al-Marvaziy, Yahyo al-Marvaziy, Muhammad ibn al-Fazl al-Bajaliy, al-Fazl ibn Muhammad ash-Shaʼroniy, al-Husayn ibn al-Fazl al-Bajaliy, Muhammad ibn Yazid al-Kaloboziy, Ubaydulloh ibn Vosil, Sahl ibn Mutavakkil, Hamduvayh ibn al-Xattob, Ali ibn al-Husayn ar-Roziy, Muso ibn Horun al-Hofiz, Muhammad ibn Ali ibn Zayd va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Abu Hafs Najmuddin an-Nasafiy „Al-Qand fӣ zikr ’ulamā Samarqand“ nomli asarida olimning Sahl ibn al-Mutavakkildan rivoyat qilgan hadisini keltirgan.
O‘z navbatida, Abdulloh ibn Muhammad al-Kaloboziydan Abu Nasr Ahmad al-Kaloboziy, Abu-l-Abbos Ahmad ibn Muhammad al-Hofiz, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad as-Surriy, Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Ji’obiy, Ahmad ibn Muhammad ibn Yaʼqub al-Kog‘aziy, Muhammad ibn Ishoq al-Hofiz al-Isfahoniy va boshqalar hadis rivoyat qilganlar.
Abu Bakr al-Xatib al-Hofizning aytishicha, olim o‘z asarlarida „ajib“, „munkar“ va „g‘arib“ hadislarni to‘plagan, „mavzu’“ hadislarni esa hujjat sifatida tan olmagan.
Tarixchilardan Abu Saʼd as-Sam’oniy va Ibn Imodlar Abu Zur’a ar-Roziydan as-Subazmuniy hadisshunoslikda rivoyatlari zaif (kuchsiz) olim bo‘lganini, al-Hokim Abu Abdulloh al-Hofizdan esa buning aksi — u ishonchli roviylardan bo‘lganini naql qilganlar. Shamsuddin az-Zahabiy olim Imom Abu Hanifaning „Musnad“ asarini to‘p­­lovchisi bo‘lganini zikr qiladi. Ho­ji Xalifa bu asarni o‘n besh nafar ulamolar jamlaganini ayta turib, ularning avvalida al-Ustoz al-Buxoriy deb Abdulloh ibn Muhammad al-Kaloboziy nomini keltiradi. Abdulloh ibn Muhammad al-Kaloboziyning mazkur asari bizgacha yetib kelgan va dunyoning kitob xazinalarida saqlanadi. Shuning­dek, uning „Kashf al-āsār ash-sharӣfa“ asarining qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti)da 3105 raqami ostida saqlanadi.



Asarlari




Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz