Abdulloh ibn Mugʻaffal
Abdulloh ibn Mugʻaffal (arabcha: عبد الله بن مغفل — Abu Saʼid Abdulloh ibn Mug‘affal al-Muzaniy,? — 59/679, Basra) — sahoba.
Hayoti
Baʼzi manbalarda kunyasi Abu Abdurrahmon, Abu Zayyod deb ham keltiriladi. Hijriy sakkizinchi sana Hudaybiya kuni Rizvon bay’atida qatnashgan sahobalardan biri. Madinada yashagan, so‘ng Basraga ko‘chib o‘tib, o‘sha yerda istiqomat qilgan. Abdulloh ibn Mug‘affal Umar ibn Xattob tomonidan Islom dinini o‘rgatish uchun Basraga yuborilgan o‘n kishidan biri bo‘lgan.
Tabuk jangi
Tabuk jangidan oldin faqir bo‘lganligidan minadigan ulov topa olmagani uchun Payg‘ambarga murojaat qilganida, Ul Zot ham uni biror ulov bilan taʼminlay olmaganlar. Shu sababli qo‘shinga qo‘shila olmasligidan xafa bo‘lib, ko‘z yoshi to‘kib, nola qilgan. Bunday samimiyati sabab u eʼtibor qozongan. „Tavba“ surasining 92-oyati nozil bo‘lishiga sabab bo‘lgan sahobalardan biri. Abdulloh ibn Mugʻaffal Rizvon bay’atida tagida bay’at etilayotgan daraxt shoxini ko‘tarib, Payg‘ambarning soyalanishlarini taʼminlagan. Abdulloh ibn Mugʻaffaldan qirq uchta hadis rivoyat qilingan. Ulardan oltitasi sahih hadislar qatoridan joy olgan. Undan Hasan al-Basriy, Muoviya ibn Kurra, Sobit al-Bunoniy va Abu-l-Oliya kabi mashhur olimlar hadis rivoyat qilganlar. Tustarni fath etishda shaharga ilk kirgan Abdulloh ibn Mugʻaffal Basraga muallim qilib tayinlangan va shu yerda yashab, vafot etgan. Vasiyatiga binoan janoza namozini Abu Barza al-Aslamiy o‘qigan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org