Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy





Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy (arabcha: عبد الله بن حذافة السهمي — Abdulloh ibn Huzofa ibn Qays ibn Adiy ibn Saʼd as-Sahmiy al-Qurashiy,? — 33/654, Misr) — sahoba.




Oilasi



Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy Eron podshohi va Rum imperatori bilan uchrashgan sahoba. Kunyasi Abu Huzofa, onasi Tamima bint Xarson Bani al-Horis qabilasidan.


Manbalarda kelishicha, Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy Mak­­kada musulmonlarga mushriklarning taz­yiqi kuchaygandan keyin Habashis­tonga hijrat qilgan.
Hijratning oltinchi yili Hudaybiya sulhidan keyin Payg‘ambar Fors diyorining podshohi Kisroga Islom diniga kirish taklifi bitilgan maktubni olib borishni Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiyga topshiradilar.



Faoliyati



Hijratning o‘n to‘qqizinchi yili xalifa Umar ibn al-Xattob Rumga yuborgan qo‘shin tarkibida Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy ham bo‘lgan. U asir tushib qoladi va Rum imperatori Hiraqlning peshonasidan bir o‘pish evaziga barcha qolgan asirlarni ozod etilishiga sabab bo‘ladi. Shuning­dek, u Misr­ning fath etilishida ham qatnash­gan.



Hadisi



Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy uchta hadis rivoyat qilgan. Undan Sulaymon ibn Yasor, Abu Voil Shaqiq ibn Salama, Mas’ud ibn Hakamlar hadis rivoyat qilgan.



Vafoti



Usmon ibn Affon xalifalik davrida vafot etadi.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz