Abdulloh ibn Fazlullah Sharafuddin Sheroziy Vassof




Abdulloh ibn Fazlullah Sharafuddin Sheroziy Vassof (fors. عبدالله ابن فضل‌الله شرف‌الدین شیرازی) (1265-1314) – XIV asrda Elxoniylar davlatida yashagan fors tarixchisi .





Asli Sherozlik boʻlgan Vassof Gʻozon Mahmudxn va Oʻljaytu davrida Eronda soliq ma’muri boʻlgan.


U “Tajziyat al-amsor va tazjiyat al-osor” (“Shaharlarning taqsimlanishi va davrlarning harakatlanishi”) nomi bilan ham mashhur “Tarixi Vassof” tarixiy asarining muallifidir.



Tarixi Vassof



Uning “Tarixi Vassof” deb ham ataladigan “Tajziyat al-amsor va tazjiyat al-osor” (“Shaharlarning taqsimlanishi va davrlarning harakatlanishi”) asari Juvayniyning “Tarixi Jahonkusho” asarining davomi sifatida yaratilgan.


“Tarixi Vassof” muqaddima va besh jilddan iborat edi. Birinchi jild t Jozef fon Hammer-Purgstall tomonidan tahrirlangan va tarjima qilingan, 1855-yilda nashr etilgan.


Vassofning yorqin nasriy uslubi zamonaviy kitobxonlar uchun biroz qiyinchilik tugʻdiradi va asarning “Tahriri tarixi Vassof” (1346/1967) nomli qisqartirilgan varianti Abdulmuhammad Oyatiy tomonidan tahrir qilingan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz