Abdulloh ibn as-Soib





Abdulloh ibn as-Soib (arabcha: عبد الله بن السائب — Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn as-Soib ibn Abu-s-Soib as-Sayfiy al-Maxzumiy al-Makkiy,? — 70/689-90, Makka) — sahoba.




Hayoti



Abdulloh ibn as-Soib yoshligida Payg‘ambarni ko‘rgan sahobalardan. Otasi Soib johiliyat davrida tijorat bilan shug‘ullangan, bu ishda risolatdan oldin Rasulullohning hamkorlaridan bo‘lgan. Abdulloh ibn as-Soib qiroatni arz yo‘li bilan Ubay ibn Kaʼb va Umardan o‘rgangan.



Hadislari



Ubay ibn Kaʼbdan hadis rivoyat qilgan. Undan Mujohid va qiroat imomlaridan Ibn Kasir tahsil olgan. Abdulloh ibn as-Soibdan Ibn Abu Mulayka, Ato, Muhammad ibn Abdurrahmon al-Maxzumiy, o‘g‘li Muhammad ibn Abdulloh, qizining o‘g‘li Muhammad ibn Ibod ibn Jaʼfarlar hadis rivoyat etganlar. Qiroat ilmida bilimdon bo‘lgani bois nisbasiga „al-Qoriy“ qo‘shib aytilgan. Makkaliklar „bizdan chiqqan qori“, deb u bilan faxrlanganlar. Abdulloh ibn as-Soib rivoyat etgan hadislar „Kutubi sitta“ va Ahmad ibn Hanbalning „Musnad“idan o‘rin olgan.



Vafoti



Abdulloh ibn Zubayrning xalifalik davrida vafot etgan. Janozasini Ibn Abbos o‘qigani va qabri ustida turib uning haqqiga duo qilgani xabarlarda keltirilgan.



Adabiyotlar




Havolalar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz