Abdulloh ibn al-Jadd





Abdulloh ibn al-Jadd (arabcha: عبد الله بن الجد - Abdulloh ibn al-Jadd ibn Qays al-Ansoriy) — sahoba.



Hayoti



Manbalarda Abdulloh ibn al-Jadd hayoti haqida maʼlumotlar ko‘p emas. Badr va Uhud janglariga qatnash­ganligi zikr qilingan, ammo o‘limi tarixi haqida maʼlumot berilmagan. Xazraj qabilasining Bani Salima uru­g‘iga mansub bo‘lgan Abdulloh ibn al-Jadd Muoz ibn Jabalning ona bir ukasi. Onasining ismi — Hind bint Sahl. Otasi — Jadd ibn Qays johiliyat davrida Bani Salima qabilasining raisi bo‘lgan. Abdulloh ibn al-Jaddning otasi Payg‘ambar bilan ko‘plab g‘azotlarda qatnashgan bo‘lsa-da, munofiqlardan deb sanalgan. Hudaybiya sul­hida bo‘lib, Rizvon bay’atida ishtirok etmagan. Tabuk g‘azotida ishtirok etishni istamagan. Otasining bu holatidan xafa bo‘lgan Abdulloh ibn al-Jadd uning zarariga Qur’on oyatlari nozil bo‘lishi mumkinligini aytgan. Haqiqatda, keyinchalik g‘azotda qatnashmagan munofiqlar haqida oyat nozil bo‘lgan. Usmon davrigacha yashagan Jadd ibn Qaysning ke­yinchalik tavba qilib haqiqiy musulmon bo‘lganiga doir rivoyatlar ham bor.



Adabiyotlar




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz