Abdulloh ibn Ali al-Marg‘inoniy
Abdulloh ibn Ali al-Marg‘inoniy (arabcha: عبد الله بن علي المرغيناني — Abdulloh ibn Ali ibn Soin ibn Abduljalil ibn Xalil ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy Abu Bakr ibn Abu-l-Hasan ibn Abu Bakr al-Marg‘inoniy - 551/1156, ? — 616/1220, Buxoro) - faqih va roviy.
Hayoti
Abdulloh ibn Ali al-Marg‘inoniy marg‘ilonlik yirik faqih, Samarqandda istiqomat qilib, imom-xatiblik vazifasida bo‘lgan. Bag‘dodga 600/1204-yilda haj safaridan qaytib kirib kelgan. U yerda Abu Ahmad Amin, Abu Muhammad ibn Axzar, Abu-l-Qosim ibn Hasin va Abu Gʻolib ibn Banno, Abu Bakr al-Ansoriy va boshqalardan hadis eshitib, o‘z qo‘li bilan yozib borish bilan bir qatorda, movarounnahrlik ulamolardan olib kelgan qirqqa yaqin hadislarni rivoyat qilgan.
Abdulloh ibn Ali al-Marg‘inoniy o‘z mazhabining yirik imomi, jadal, xilof va hadis ilmlari, tilshunoslik, nasr va nazm bobida tengi yo‘q bilimdon olim bo‘lgan. Manbalar Abdulloh ibn Ali al-Marg‘inoniyni xushsuratli, go‘zal axloqli, taqvodor va tavozeli inson bo‘lganligi haqida xabar beradi. Islom ilmlari qatorida nazm va nasrda ham sermahsul ijodkor bo‘lgan. Shunga qaramay, ilmiy merosi hali aniqlanib tadqiq qilinmagan. Buxoroda tutqunda shahid bo‘lgan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org