Abdulloh ibn Ali al-Kissiy
Abdulloh ibn Ali al-Kissiy (arabcha: عبد الله بن علي الكسي — Abdulloh ibn Ali ibn Ahmad ibn Amiyrak al-Kissiy — ? - 512/1119, Samarqand) — roviy.
Hayoti
Abdulloh ibn Ali al-Kissiy imom Abdulmajid ibn Yunus ibn Yusufdan hadislar rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Ali al-Kissiy, asosan, Samarqandda istiqomat qilgan va shu yerda vafot etgan. Alloma saxiylik borasida tanilgan va bu borada quyidagi hadisni rivoyat qilgan: "Anas (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.) „Kimki och kishiga taom bersa yoki bir kishini kiyim bilan taʼminlasa yoxud musofir kishiga boshpana bersa, Alloh taolo uni qiyomat kunining dahshatlaridan xalos etadi“ — dedi".
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org