Abdulloh ibn Abu Talha





Abdulloh ibn Abu Talha (arabcha: عبد الله بن أبي طلحة — Abu Yahyo Abdulloh ibn Abu Talha ibn Sahl al-Ansoriy al-Xazrajiy) — tobeʼin.




Hayoti



Ona qornidaligidayoq Payg‘ambarning duosiga sazovor bo‘lgan. Otasi Abu Talhaning ismi Zayd. Onasi madinalik ayollar orasida dindorligi, aqlliligi va jasurligi bilan mashhur bo‘lgan Ummu Sulaym bint Milhondir. Ummu Sulaym Hunayn g‘azotida Payg‘ambarni yaqinida turib himoya qilgan. Madinaga qaytgandan keyin esa, Abdullohni dunyoga keltirgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni birinchi eri Molikdan ko‘rgan o‘g‘li Anas orqali Payg‘ambar huzuriga yuborgan. Ul Zotdan chaqaloqqa birinchi luqmani berishlari (tahnik) va unga ism qo‘yish­larini iltimos qilgan. Payg‘ambar o‘zi chaynagan luqmani chaqaloq tanglayiga surtib, yuzini silagan va unga Abdulloh, deb ism qo‘ygan.


Abdulloh ibn Abu Talha o‘n nafar o‘g‘il farzand ko‘rgan, ularning hammasi Qur’onni to‘liq yod olgan. Abdulloh ibn Abu Talha otasi va o‘gay akasi Anas ibn Molikdan hadis rivoyat qilgan. Undan o‘g‘illari Ishoq va Abdulloh, nabirasi Yahyo ibn Ishoqlar hadis rivoyat qilganlar. Abdulloh ibn Abu Talhaning o‘g‘illari ichida eng ilmlisi va mashhuri Ishoq bo‘lgan. U molikiy mazhabi asoschisi Imom Molikning shayxi bo‘lgan.



Vafoti



Abdulloh ibn Abu Talha Siffiyn jangida Ali tomonidan joy olgan. Manbalarda Eron fathlari asnosida shahid bo‘lgani yoki Madinada vafot etgani haqida ikki xil rivoyat bor.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz