Abdulloh ibn Abu Rabi’a





Abdulloh ibn Abu Rabi’a ({{lang-ar| عبد الله بن أبي ربيعة — Abu Abdurrahmon (Abu Shihob) Abdulloh ibn Abu Rabi’a ibn al-Mug‘iyra al-Qurashiy al-Maxzumiy) — sahoba.




Hayoti



Mashhur arab shoiri Umar ibn Abu Rabi’a va Laylo bint Utorid ibn Hojiblarning o‘g‘li Abdulloh ibn Abu Rabi’a johiliyat davrida ziravorlar sotish bilan shug‘ullangan qurayshlik boy savdogarlardan edi. Xolid ibn Valid va Abu Jahl ibn Hishomlarning amakivachchasi bo‘lgan. O‘g‘li — al-Qibo’ nomi bilan tanilgan al-Horis ibn Abdulloh ibn Abu Rabi’a sahoba, baʼzi manbalarga ko‘ra esa, tobeʼinlardan bo‘lgan.


Abdulloh ibn Abu Rabi’a Islomga kirmasidan avval elchilar hay’ati aʼzolaridan bo‘lgan. Abu Robiya’ Johiliya zamonida Qurayshning ashroflaridan uni “ikki nayzali” deb chaqirganlar. Musulmon muhojirlarni qaytarib olish maqsadida Quraysh qabilasi tomonidan Habashistonga yuborilgan elchilar orasida, shuningdek, Badr jangida asirga olingan Maxzum qabilasi vakillarining fidyalarini to‘lash uchun Madinaga kelgan elchilar orasida ham bo‘lgan. Uhud jangida yuz kishilik mushrik kamonchilarga boshchilik qilgan. Makka fathi asnosida Alining singlisi Ummu Honi’ himoyasiga kirib, jonini saqlab qolgan.


Abdulloh ibn Abu Rabi’a Makka fathi kuni musulmon bo‘lgan. Payg‘ambar Hunayn g‘azotiga ketayotganlarida undan 30000 (yoki 40000) dirham qarz olganlar. Hunayndan qaytayotganlarida qarzlarini to‘lab, Abdulloh ibn Abu Rabi’a va oilasi haqqiga duo qilganlar. Uning johiliyatdagi Bahiyr (yoki Bujayro) ismini Abdulloh deb o‘zgartirganlar. Abdulloh ibn Abu Rabi’a keyinroq Yamanning Janad viloyatiga voliy etib tayinlangan. Umar Sanʼoni ham uning bosh­qaruviga topshirgan.



Vafoti



Usmon davrida ham voliylik qilgan Abdulloh ibn Abu Rabi’a xalifaga tatbiq qilinayotgan qamalni bekor qilish maqsadida yo‘lga chiqib, Makkaga yaqinroq bir joyga kelganda tuyadan yiqilib, vafot etgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz