Abdulloh ibn Abdulasad





Abdulloh ibn Abdulasad (arabcha: عبد الله بن عبد الأسد — Abu Salama Abdulloh ibn Abdulasad ibn Hilol al-Qurashiy al-Maxzumiy) — sahoba.



Hayoti



Payg‘ambarning ko‘kaldoshi va xolalari Barra bint Abdulmuttalibning o‘g‘li. Xotini Ummu Salama bilan birga avval Habashistonga, so‘ngra esa Aqaba bay’atidan bir yil avval Madinaga hij­rat qilgan. Habashistondaligi vaqtida o‘g‘li Umar ibn Abu Salama tug‘ilgan. Quraysh qabilasidan Madinaga ilk hijrat qilgan Abdulloh ibn Abdulasadni Payg‘ambar Ushayra g‘azotiga chiqayotgan vaqtlarida (hijriy 2-yil jumadus-soniy) Madinada o‘z o‘rnilariga vakil qilib qoldirganlar. Abdulloh ibn Abdulasad Badr va Uhud g‘azotlarida qatnash­gan va bu g‘azotda jarohatlangan. Bir oyga yaqin davolanganidan so‘ng, Qatan safarida Bani Asad ustiga jo‘natilgan o‘ttiz besh kishilik guruhga boshchilik qilgan. Hijriy 4-yil muharram oyi/626-yilda Tulayha ibn Xuvaylid rahbarligida mazkur qabila mushriklari Madinaga bostirib borishni rejalashtirib turgan vaqtda, ushbu Abu Salama sariyyasi yuboriladi. Dushman qochib ketib, musulmonlar o‘ljalarni qo‘lga kiritadilar. Madinaga qaytgach, Uhudda olgan jarohat oqibatida Abdulloh ibn Abdulasad vafot etadi. Ochiq qolgan ko‘zlarini Payg‘ambar yopganlar. O‘limidan keyin xotini Ummu Salamani Payg‘ambar o‘z nikohlariga olganlar.


Abdulloh ibn Abdulasaddan rivoyat qilingan ikki hadis Ahmad ibn Hanbalning "Musnad"idan o‘rin olgan. Abdulloh ibn Abdulasadning Salama, Umar, Zaynab va Durra ismli farzandlari bo‘lgan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz