Abdulloh bin Muhammad Xaroz
Hayoti
Abdulloh bin Muhammad Xarroz (932-yildan oldin vafot etgan) — "Nasoyim ul-muhabbat"da tilga olingan tasavvuf shayxi.
Kunyasi — Abu Muhammad. Ray shahrida tugʻilgan. Etikdoʻzlik kasbi bilan shugʻullanganligi uchun „Xarroz“ laqabi bilan mashhur boʻlgan. Javonmardlik tariqatining yirik namoyandalaridan. Shayx Imron Kabirning shogirdi. Abu Hafs Haddod, Ali bin Bundor Soʻfiy Sayrafiy, Abulabbos Dinavariy, Abu Abdulloh Muqriy, Yusuf Bin Husayn Roziy, Muzaffar Kirmonshohiy bilan suhbatdosh boʻlgan. Haq soʻz, haqiqat yoʻlida jasoratli shayx sifatida shuhrat topgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org