Abdulloh bin Muhammad Murtaʼish




Abdulloh bin Muhammad Murtaʼish (10-asr) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Muhammad. Nishopurning Hiyra mavzesida tugʻilgan. Bagʻdodda yashagan. Abu Hafs Haddodning shogirdi. Junayd Bagʻdodiy, Abubakr Shibliy, Jaʼfar Xuldiy, Abu Abdulloh Hazramiy, Abulabbos Bardaʼiy, Abu Abdulloh Kattoniy, Abubakr Farroʼ, Abulhusayn Sirvoniy Sagʻir, Abusahl Suʼlukiy, Ibrohim Qassor suhbatidan bahramand boʻlgan. Koʻp safar qilgan.


Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”­dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirib kiritgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz