Abdulloh as-Samarqandiy (1052—1122)
Abdulloh ibn Ahmad ibn Amr ibn Abulashʼab as-Samarqandiy — muhaddis va hofiz bo‘lgan. U milodiy 1052-yil (hijriy 444-yil) Damashqda tug‘ilgan. Nishopur va Isfahonga borgan. Hadis ilmi bilan qiziqqan va o‘zi uchun qomus tayyorlab olgan.
Abdulloh as-Samarqandiy milodiy 1122-yil (hijriy 516-yil) rabiussoniy oyida Bag‘dodda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org