Abdulloh ar-Roziy





Abdulloh ar-Roziy (arabcha: عبد الله الرازی — Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh ar-Roziy ash-Shaʼroniy,? — 353/964,?) — so‘fiy.



Biografiyasi



Manbalarda hayotiga oid maʼlumotlar juda kam. Asli Raylik bo‘lib, Nishopurda tug‘ilib o‘sgan. Junayd al-Bag‘dodiy va Abu Abdulloh al-Bushanjiy kabi mashhur so‘fiylarning suhbatida bo‘lgan. Abu Usmon al-Hiriyning mashhur muridlaridan biri bo‘lgan.


Abdulloh ar-Roziyning boshidan kechgan bir voqeadan keyin kamtarlikni o‘ziga dastur qilganligi manbalarda zikr etilgan. Suhbatlarida bo‘lgan shayxlardan ko‘p foydalangan, bularni axloqiy va maʼnaviy hayotida tat­biq qilgan. Ayniqsa, ruhan pok­lanish hamda yanada yuksak maʼnaviy martabalarga erishish uchun murakkab riyozatni qo‘llagan. Bularning barchasi mushohada sohibi so‘fiy bo‘lishini taʼminlagan. So‘fiylar ham uni Nishopurda yetishgan ulug‘ shayxlar qatoriga qo‘shganlar.


Shamsuddin az-Zahabiy Abdulloh ar-Roziyni Hakim at-Termiziyning majlislariga qat­nashgani hamda undan Hokim va as-Sulamiy kabi muhaddislar hadis rivoyat qilganini aytgan. Nisba, kunya va ismlaridagi o‘xshashlik sababidan uni Abdulloh al-Xarroz (vafoti: 310/922-yili) bilan adashtiradilar.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz