Abdulloh al-Qoshgʻariy
Abdulloh ibn Muhammad al-Qoshg‘ariy an-Naqshbandiy — mudarris, sufiy va tariqat ahlidan bo‘lgan. Qustantiniyada yashagan, „Nidoiy“ laqabi bilan tanilgan. Abdulloh al-Qoshgʻariy hijriy 1174-yilning safar oyida vafot etgan.
Asarlari
Besh fasldan iborat ushbu muxtasar asarda muallif qalonislar (boshiga kuloh kiyib yuradigan ruhoniylar)ning ijmoʻdan tashqari sharʼiy dalillar xususida bildirgan yozma eʼtirozlariga javob bergan. Shuningdek, mazkur asarning „Alhamdulillohi-l-laziy hadono ila-r-rashod…ilax“ — „Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsinki, U bizni to‘g‘ri yo‘lga boshladi… hokazo“ so‘zlari kelgan boshlang‘ich qismiga ham o‘z javobini bayon etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org