Abdulloh al-Kadaniy





Abdulloh ibn Ali ibn ash-Shoh al-Kadaniy (Abu Ahmad) — fozil imom bo‘lgan. Abdulloh al-Kadaniy 1012-milodiy yil (hijriy 402-yil)da tugʻilgan.
Yaratgandan yomg‘ir yog‘dirishini so‘rab, Samarqanddan Xartangga (Imom al-Buxoriy maqbarasiga) borgan olimlardan biri edi. Alloh taolo ularning iltijosini mustajob qilib, ular Xartangdan qaytib ketmay turib yomg‘ir yog‘dirgandi. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. U hijriy 483-yilning rajab oyida vafot etgan.



Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz