Abdulloh al-Bofiy





Abdulloh al-Bofiy (arabcha: عبد الله البافي — Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Bofiy al-Xorazmiy al-Buxoriy) — shofeʼiy faqihi, adib va tilshunos.



Hayoti



Xorazm qishloqlaridan sanalgan "Bof­­"dan yetishib chiqqan Abdulloh al-­Bofiy Bag‘dodda yashagan. Manbalarga ko‘ra, "al-Buxoriy" nisbasiga ham ega bo‘lgan. Abdulloh al-Bofiy shofeʼiy fiqhida zamonasining imomlaridan sanalgan. Shu bilan birga, u nahv ilmi va adabni, badiiy til va uning nozik jihatlarini yaxshi bilgan.


Abdulloh al-Bofiy fiqh ilmini Abu Ali ibn Abu Hurayra va Abu Ishoq al-Marvaziylardan taʼlim olgan. O‘z navbatida, undan mazkur ilmni al-Qoziy Abu-t-Tayyib va al-Movardiylar o‘rganganlar.


Abdulloh al-Bofiy hozirjavob notiq bo‘lib, balog‘at bilan so‘zlar edi. Manbalarda olim qalamiga mansub sheʼrlardan namunalar keltirilgan. Ularda olimning katta kitoblar yozgani aytilsa-da, asarlari nomi keltirilmagan.



Adabiyotlar




Manbalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz